Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tariladi
10:27 / 2026-01-07

Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilish davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida olg‘a surilgan g‘oyalar doirasida tibbiyotni yanada taraqqiy ettirish masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Otabek Bozorov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Aliyor Nuraliyev tibbiyotni yangi bosqichga ko‘tarish uchun mukammal va uzoqni ko‘zlovchi “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish, bunda, avvalo, sog‘liqni saqlashning ertasi va kelajagiga daxldor istiqbollarni o‘z ichiga oluvchi maqsadlar ifodasini topishi zarurligini ta’kidladi. 

Qayd etilganidek, jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda boshqa moliyaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, tibbiyotni jadal rivojlantirish, xalqaro andozalar darajasida yuksaltirish yo‘llarini izlash joiz. Bu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishga bugundanoq astoydil kirishish juda muhim. 

Kadrlar zaxirasini yaratish, shifokorlar bilimini muttasil boyitib borish va malakasini o‘stirish bilan bog‘liq ishlarni yanada kuchaytirish zaruriyatini davr taqozo etmoqda. Demak, tez orada bu vazifalar ijrosiga kirishiladi. Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali va viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi rahbarlariga berilgan topshiriqqa muvofiq, mazkur shifo maskanlarini yanada rivojlantirish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash istiqbollari yuzasidan seminar tashkil etiladi. 

Anjumanda har ikki muassasa rahbarlari yaqin yillarga mo‘ljallangan rejalari bilan o‘rtoqlashadi. Yig‘ilishda dolzarb maqsad-vazifalar va hal qilinishi muhim bo‘lgan kelgusidagi rejalar belgilab berildi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.