French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot sohasiga e’tibor yanada kuchayadi
18:22 / 2023-06-17

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ishonchli vakili Bayrambay Otemuratov taxtako‘pirlik saylovchilar bilan uchrashdi.

Unda mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari, keng jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.  

Ishonchli vakil  saylovchilarga  nomzodning  beshta ustuvor maqsadni o‘z ichiga olgan  saylovoldi dasturi va undagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.    

Ta’kidlanganidek, dasturdagi birinchi maqsad  har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, bunda  tibbiyot sohasiga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Ya’ni nomzodning saylovoldi dasturida kelgusi yildan  birlamchi bo‘g‘in orqali eng ko‘p uchraydigan 10 kasallikni davolash va 6 tibbiy xizmatdan iborat kafolatlangan tibbiy paket aholiga bepul taqdim etiladi. Bu orqali tibbiy yordamga muhtoj aholining 70 foiz murojaati birlamchi bo‘g‘inning o‘zida hal bo‘ladi.

Onkologik bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida mamlakatimizda ilk bor o‘zak hujayralarini transplantatsiya qilish yo‘lga qo‘yiladi. Bu boradagi xarajatlar ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun to‘liq davlat hisobidan qoplanadi. Tug‘ish yoshidagi va homilador ayollar, bolalarga 7 turdagi vitaminlar, yod va foliy kislotasini bepul tarqatish  kelgusi yillarda ham davom ettiriladi. Yana bir muhim yangilik – sog‘liqni saqlash tizimi to‘liq raqamlashtiriladi va tibbiy sug‘urta tizimi joriy qilinadi. Umuman, 2030 yilga qadar tibbiyotga byudjetdan ajratiladigan yillik mablag‘ hajmini 2 karra oshirib, 6 milliard dollarga yetkazishi qayd qilingan.  

Bundan tashqari, nomzod Shavkat Mirziyoyevning qoraqalpog‘istonlik saylovchilar bilan uchrashuvida  hudud aholisi  uchun barcha sohalar singari tibbiyot sohasi bo‘yicha ham bir qator takliflar  ilgari surildi. Xususan,   Toshkentda mavjud bo‘lgan barcha zamonaviy tibbiy xizmatlar Nukusda ham yo‘lga qo‘yiladi, olis va chekka ovullardagi tibbiyot xodimlariga 5 million so‘mgacha alohida ustama beriladi. Qoraqalpog‘istondagi Onkologiya va radiologiya markazi filiali uchun yangi bino quriladi va eng zamonaviy uskunalar bilan to‘liq jihozlanadi. Uning hududida bemorlarning yaqinlari vaqtincha yashab turadigan yotoqxona barpo etiladi. Endi, kelasi yildan Taxtako‘pir, Chimboy, Qorao‘zak, Bo‘zatov, Shumanay, Qo‘ng‘irotda ham 200 foizlik oylik ustama to‘lash yo‘lga qo‘yiladi (hozirda ustama 100 foiz bo‘lgani uchun bu tumanlarga shifokorlar bormayapti).  

Shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi olis va chekka ovullarda ishlayotgan barcha malakali tibbiyot xodimlariga 5 million so‘mgacha alohida ustama beriladi. Shu bilan birga, qoraqalpog‘istonlik bolalarga yuqori texnologik operatsiyalar uchun homiylik qilgan tadbirkorlarning ushbu xarajatlari soliq undirish bazasidan chegirib tashlanadi.  

Uchrashuv davomida ishonchli vakil  taxtako‘pirlik saylovchilarni Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga da’vat etdi.  

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA