French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot sohasidagi yoshlarning fikri tinglandi
15:06 / 2025-12-22

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Toshkent davlat tibbiyot universitetida ilmiy-tadqiqot hamda innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan talabalar bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida mamlakatimizda tibbiyot xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularning moddiy manfaatdorligini oshirish, samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar xususida so‘z yuritildi. Bu borada yoshlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida ko‘plab yoshlar o‘zlarining startap g‘oyalari, chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari, shuningdek, taklif va tashabbuslari bilan ishtirok etdi.

Uchrashuvda ilgari surilgan istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga mentorlik qilish hamda kelajagi bor tashabbuslarga sarmoya kiritish masalalari muhokama qilindi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA