Samarqand viloyati qon quyish stansiyasi va Tojikiston Respublikasi qon quyish markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.
Shu yilning 5-6 iyul kunlari Samarqand viloyati qon quyish stansiyasi bosh shifokori Rofe Aliyev boshchiligidagi samarqandlik tibbiyot xodimlari Tojikiston Respublikasi qon quyish markazida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan tanishdi.

– bugungi kunda aholi salomatligini muhofaza qilish, turli xastaliklarning oldini olish va og‘ir vaziyatlarda bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishda qon va qon komponentlarining ahamiyati oshib bormoqda, – deydi Samarqand viloyati qon quyish stansiyasi bosh shifokori Rofe Aliyev. – Shuning uchun ham sohaga ilg‘or texnologiyalar joriy etilmoqda, ish uslublari o‘zgaryapti. T

ojikistonlik hamkasblarimiz bilan bu borada fikrlashib, o‘zaro tajriba almashdik. Ularning ayrim ish tajribalarini o‘rganish zarur deb hisoblagan bo‘lsak, ba’zi masalalarda bizning faoliyatimiz ularga manzur bo‘ldi. Markaz direktori Aziz Odinazoda bilan imzolagan hamkorlik memorandumida bu borada birgalikda ishlashga kelishib oldik.
G‘.Hasanov, O‘zA