Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot sohasi deputat nazoratida
14:45 / 2025-02-05

Ayni kunlarda xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputatlari tomonidan tibbiyot yo‘nalishda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, ijtimoiy soha ob’ektlarining sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha viloyat miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijadorligi joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

Bu borada Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasidan mahalliy Kengashga saylangan deputatlar ham faollik ko‘rsatmoqda.  

Jumladan, partiya viloyat Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari-apparati rahbari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Bobomurod Ochilov tomonidan Shofirkon tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, “Mazlaxon-Chandir” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 43- sonli, “Talisafed” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 45-sonli ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinikalar hamda “Jo‘ynav” oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi. Ushbu tibbiyot muassasalarida sog‘liqni saqlash tizimining rivojlantirishiga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek, sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.  

Xalq vakillarining ushbu yo‘nalishdagi ishlari viloyat miqyosida davom etmoqda.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri