Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot: raqamlashtirish yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
17:40 / 2026-01-22

Keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi sog‘liqni saqlash tizimida ham raqamlashtirish jarayonlari jadal olib borilmoqda. Jumladan, Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tibbiyot muassasalarida ham bu borada 2025 yilda e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalariga mahalliy byudjet, open byudjet hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi mablag‘lari hisobidan 3 ming 500 ta kompyuter, 1 ming 950 ta planshet sotib olindi.  

Bundan tashqari, 266 ta muassasa lokal tarmoqqa ulandi, 19 ming nafardan ziyod tibbiyot xodimi zamonaviy axborot texnologiyalarida ishlash  hamda DMED axborot tizimi bo‘yicha o‘qitildi.

Shuningdek, 3,4 million nafar aholi DMED tizimiga biriktirildi, 650 ta dorixona elektron retsept tizimiga ulandi.  

Ayni kunda aksariyat tibbiyot muassasalarida raqamlashtirish talablari asosida elektron retsept, elektron qabul, elektron yo‘llanmalar yuritilmoqda.  

Viloyatda joriy yilda ham bu boradagi ishlar izchil davom ettirilishi belgilangan. Jumladan, 2 ming 690 ta kompyuter, 1 ming 550 ta planshet, 2 ming 798 ta termoprinter, 440 ta smart monitor xarid qilinishi rejalashtirildi.  

F.Ubaydullayev, O‘zA muxbiri