Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot: raqamlashtirish nazoratga olingan (+video)
20:14 / 2025-12-15

Nurafshon shahridagi “Cyber University” oliygohida Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Olimjon Omonov rahbarligida soha mutaxassislari uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda respublika, Toshkent viloyati mas’ullari, tibbiy yordamni tashkillashtirish, dori vositalari va tibbiy jihozlarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish, xususiy tibbiyot va tibbiy turizmni rivojlantirish sho‘’balari xodimlari, davlat tibbiy sug‘urtasi va ichki audit departamentining hududiy bo‘limlari vakillari, shuningdek, nazorat inspeksiyasi xodimlari ishtirok etdi. 

Shuningdek, barcha tuman va shahar tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan AKT mutaxassislari, shu bilan birga, ZOOM orqali esa KTMP, OP va OSHP mudirlari hamda shifoxonalar bo‘lim boshliqlari ham qatnashdi. Jarayonda vazir o‘rinbosari O.Omonov so‘zga chiqib, tibbiyot muassasalarida raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi. Joylarda uchrayotgan muammolar, xodimlarning o‘z vazifasiga nisbatan mas’uliyatini oshirish borasida zarur tavsiyalar berildi. 

Xususan, hozir raqamli texnologiyalar orqali diagnostika, davolash, bemorlar bilan ishlash, ma’lumotlarni saqlash va tahlil qilish sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu nafaqat tibbiy muassasalar faoliyatini yengillashtiradi, balki sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini oshirib, aholiga ko‘rsatiladigan xizmat sifati yaxshilanishiga olib kelishi hech kimga sir emas. 

– Hozir Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufida 264 ta tibbiyot muassasalar mavjud bo‘lib, barchasi yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan. Hududdagi qariyb 264 ta tibbiyot muassasalarida to‘liq mahalliy tarmoqlar joriy etildi. Toshkent viloyati hokimligi tomonidan qo‘shimcha Tibbiyotni raqamlashtirish uchun 2 milliard so‘m yo‘naltirildi. 264 ta tuman-shahar tibbiyot birlashmalari hamda viloyat davolash-profilaktika muassasalarining hammasida elektron poliklinika (DMED) axborot tizimi joriy etilib faol ishlamoqda, – deydi Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Feruza Rahmatullayeva. 

Tadbir davomida soha fidoyilari mehnati e’tirof etildi. Xususan, bir guruh kichik tibbiyot xodimlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JISIqNNw1MM" title="Tibbiyot: raqamlashtirish nazoratga olingan" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Musayev, O‘zA. (video)