Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalari uchun vazir stipendiyasi ta’sis etildi
12:57 / 2022-05-01

Yurtimizdagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Sog‘liqni saqlash vaziri stipendiyasi” ta’sis etildi.

SSV Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu haqda vazirning tegishli buyrug‘i qabul qilingan. Unga ko‘ra mazkur stipendiya bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan yoshlarga beriladi.

U har bir tibbiyot oliy ta’lim muassasasining 5 nafargacha nomzodiga bir yil mobaynida ajratiladi.

Ushbu stipendiyaga nomzodlarni saralash haqidagi e’lon tanlov o‘tkazilishidan kamida 1 oy oldin matbuotda e’lon qilinadi.

Nomzodlar tomonidan arizalar mavjud 11 ta tibbiyot oliy o‘quv yurtining “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”ga taqdim etiladi.

Hujjatlar navbatdagi bosqichda vazirlikning Fan va ta’lim boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilgach, vazir buyrug‘i asosida beriladi.

Stipendiya miqdori Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi miqdoriga tenglashtirilgan.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun vazirlikning (71) 239-13-72 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin, deyiladi SSV Matbuot xizmati xabarida.

O‘zA