Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot niqoblari tibbiy buyumlar roʻyxatidan chiqarildi
15:38 / 2020-03-21

Sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 20-martdagi 114-son “Tibbiy buyumlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.


Sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 20-martdagi 114-son “Tibbiy buyumlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, endilikda tibbiyot niqobini ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab etilmaydi. Shuningdek, tibbiyot niqobi amaliyotda qoʻllash uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.

Ushbu buyruq aholining salomatligini muhofaza qilish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash va tibbiyot niqobi taqchilligini oldini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyat yaratish maqsadida qabul qilindi.