Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot muassasasining yangi binosi
11:34 / 2024-12-06

Qo‘qon shahri va atrof tumanlar aholisiga xizmat ko‘rsatadigan 2 -teri-tanosil kasalliklari poliklinikasi dispanserining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Shahar hokimligi mas’ul xodimlari, viloyat tibbiyot birlashmasi mutasaddilari va jamoatchilik vakillari ushbu tibbiyot muassasasining ishga tushirilishi aholi salomatligini muhofaza qilish, ularga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘lganini ta’kidlashdi.

Poliklinika dispanseri davlat dasturi  doirasida barpo etildi. Uning qurilishiga 5 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. Eng zamonaviy uslubda qurilgan bino   bugungi kun talabiga javob beradigan shart-sharoitlarga ega va tibbiyotning eng so‘nggi yutuqlari asosida yaratilgan tibbiy  jihozlar bilan ta’minlangan.Qurilish ishlari qisqa vaqt ichida "Triumf bilding" xususiy korxonasi tomonidan yakunlandi. 

2 milliondan ziyod fuqaroga malakali tibbiy xizmatlar ko‘rsatadigan dispanser Konstitutsiya bayrami oldidan aholiga munosib sovg‘a bo‘ldi.

Tantanali tadbir ishtirokchilari, tibbiyot xodimlari va mutasaddi rahbarlar "Yashil makon" aksiyasida faol qatnashib, yaxshi niyatlar bilan manzarali daraxt ko‘chatlari ekishdi.

Muhammadjon Obidov,

O‘zA