French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot muassasalarining issiqlik va energiya ta’minoti holati o‘rganildi
11:16 / 2025-12-19

O‘zbekiston ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Abdushukur Hamzayev Toshkent viloyatida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganishlar davomida davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishlarda aholi hamda ijtimoiy soha ob’ektlari, ayniqsa, tibbiyot va ta’lim muassasalarini energiya resurslari — elektr energiyasi, ko‘mir, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar hamda bu borada ko‘rilayotgan chora-tadbirlar holatiga e’tibor qaratildi.  

Shu maqsadda Qibray tumani tibbiyot birlashmasi hamda ko‘p tarmoqli poliklinikaga tashrif buyurildi. Tuman tibbiyot birlashmasida qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik holati, isitish tizimlarining ishlashi hamda tibbiyot muassasasidagi xonalar sharoiti atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, ko‘p tarmoqli poliklinikada fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida joriy etilgan elektron ro‘yxatdan o‘tish va vrach qabuliga yozilish tizimining amaliyotdagi samaradorligi bilan ham tanishildi.

O‘rganishlar davomida mazkur muassasalarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan birga ayrim kamchiliklar mavjudligiga ham guvoh bo‘lindi. Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif-tavsiyalar berildi.

M.Komilova, O‘zA