Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot muassasalarini yagona yondashuv asosida tashkil etish uchun «master reja» ishlab chiqiladi
12:50 / 2025-12-26

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi davom etmoqda.

Tibbiyot tizimida ham kasbiy ta’limni rivojlantirish uchun Angliyaning «Pirson» kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralar tayyorlash boshlandi.  

Endi ana shu texnikumlarga Germaniya, Shveytsariya, AQSH, Yaponiya kabi davlatlarning ta’lim dasturlari ham joriy etiladi.  

Shu asosda xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralar tarkibi shakllantiriladi.  

Keng ko‘lamli islohotlar sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ham jadal davom ettiriladi.  

Tibbiyot muassasalarini yagona yondashuv asosida tashkil etish uchun «master reja» ishlab chiqiladi.  

Bundan tashqari, infarkt, insult, onkologik, nefrologik kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklar hamda transplantatsiya, vaksinatsiya, ona-bola salomatligi yo‘nalishlariga 3,5 trillion so‘m ajratiladi.

O‘zA