Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot muassasalariga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
14:13 / 2023-02-28

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli markaz bo‘limi bekasi B.A. fuqarolar X.N. va N.I.ning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 2,4 ming AQSH dollari evaziga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, shundan 200 AQSH dollarini qo‘lga kiritgan.

Qolgan 2,2 ming AQSH dollarini olgan vaqtda esa Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To‘rtko‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.  

Departament hamda DXXning Amudaryo tumani bo‘limlari tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxona navbatchi akusheri Sh.X. fuqaro G.Y.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu tibbiyot birlashmasiga hamshira vazifasiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1,6 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Departamentning Taxiatosh tumani bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Ko‘z mikroxirurgiyasi markazi mintaqaviy filialiga qarashli maslahat poliklinikasi bekasi A.D. fuqaro N.N.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Nukus shahridagi poliklinikaga hamshira vazifasiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 10 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Departamentning Uychi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahridagi oilaviy poliklinika hamshirasi N.R. fuqaro Yo.O‘.ni ushbu poliklinikaga ishga kiritib qo‘yish evaziga 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 

O‘zA