Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot institutlari va kollejlar talabalari tibbiy xizmatga jalb qilinmoqda
15:28 / 2020-07-23

Tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalari ham “Covid-19”ga qarshi kurash uchun safarbar etilayaptimi?


Tibbiyot oliy oʻquv yurtlari talabalari ham “Covid-19”ga qarshi kurash uchun safarbar etilayaptimi? Ular bu jarayonda ishtirok etsa, qanday imtiyozlarga ega boʻladi?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Otabekovning maʼlum qilishicha, bugungi kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga toʻliq va sifatli tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot institutlari va kollejlar talabalari ham jalb etilmoqda. Ularning ikki haftalik oylik maoshi toifasiga qarab 5 milliondan 15 milliongacha qilib belgilangan.