Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot institutiga pora bilan o‘qishga kiritish «operatsiya»si fosh etildi
11:13 / 2022-08-02

Oliy ta’lim tizimiga qabul bo‘yicha imtihonlar boshlanishi bilan o‘qishga kiritib qo‘yishni «bashorat» qiluvchi «uddaburon»lar ko‘payadi.

Ayrimlar farzandining bilimi, iqtidori yoki layoqatiga emas, balki o‘zining hamyoniga «ishonishi» ham achinarli hol.

Fuqaro M.Z. fuqaro A.X.ning jiyanini o‘zini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga olib kiritib qo‘yishini aytadi.

Buning evaziga so‘ralgan 10 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni (kimyoviy ishlov berilgan) Andijon shahridagi «Pushkin» nomli istirohat bog‘i oldida olayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar ichki ishlar organlari FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tomonidan M.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.

IIV huzuridagi Tergov departamentidan ma’lum qilishlaricha, jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zA