Tibbiyot idoralari profilaktika o‘rniga “odamlar qachon kasal bo‘lsa, shunda davolaymiz” deb, haliyam eskicha fikrlab yurgani tanqid qilindi
Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda kasalliklarni erta aniqlash, jumladan, kardiologiya, endokrinologiya va onkologiya skrininglarini tashkil etishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
O‘tgan yili onkologiya kasalligi bilan ro‘yxatga olingan bermorlarning qariyb yarmida kasallik kech aniqlangan.
Joylarda dispanser nazoratida turgan, surunkali kasalligi bor aholini sog‘lomlashtirish ishlari yetarli emas.
Umuman, viloyat va tuman tibbiyot idoralari profilaktika o‘rniga “odamlar qachon kasal bo‘lsa, shunda davolaymiz” deb, haliyam eskicha fikrlab yurgani tanqid qilindi.
O‘zA