English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot: demensiya kasalligi aqliy qobiliyat va xotiraning susayishi bilan namoyon bo‘ladi
15:55 / 2025-04-03

Bilasizmi, tibbiyotda shunday xastaliklar borki, insonning yoshi o‘tgani sari, ya’ni keksalikda ular bilan kasallanish ehtimoli ortib boradi. Bulardan biri demensiya kasalligidir.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, dunyoda ushbu xastalikdan 57 million kishi aziyat chekmoqda. Har yili qariyb 10 million nafar odamda mazkur patologiya aniqlanmoqda. Bemorlarning salkam 60 foizi past va o‘rta daromadli mamlakatlarda istiqomat qiluvchi aholi vakillaridir.

Asosan keksa yoshli odamlarda kuzatiladigan ushbu kasallik aqliy qobiliyat va xotiraning susayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Bunga miya qon tomirlari aterosklerozi, insult, qandli diabet, takroriy bosh miya jarohatlari, spirtli ichimliklar, giyohvandlik, doimiy qon yo‘qotish, depressiya, ortiqcha vazn yoki semizlik kabi omillar sabab bo‘lishi mumkin.

Demensiya hozir sayyoramiz bo‘yicha yuz berayotgan o‘lim holatlarining eng ko‘p uchrovchi yettinchi sababidir. Qolaversa, u keksa yoshdagi odamlarda kelib chiqayotgan nogironlikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Tahlillarga ko‘ra, Alsgeymer kasalligi – demensiyaning eng keng tarqalgan shakli bo‘lib, taxminan 60-70 foizni tashkil qiladi.
Shundan kelib chiqqan holda, JSST tomonidan demensiya bo‘yicha yettita strategik yo‘nalishni o‘z ichiga olgan Global harakatlar rejasi amalga oshirilmoqda.

Mutaxassislar “bu kasallikning oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuchaytirish juda muhim”, degan xulosada. Chunki ushbu xastalikka chalinganlarning umumiy soni 2030 yilda 82 million, 2050 yilga borib esa 152 million nafarga yetishi prognoz qilinmoqda.

O‘zA