Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot birlashmasida bir qancha qoidabuzarliklar aniqlandi
15:58 / 2024-12-04

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Jizzax viloyati inspektorlari tomonidan Zarbdor tuman tibbiyot birlashmasida davlat nazorati o‘tkazildi.

O‘tkazilgan davlat nazorati natijasida tibbiyot birlashmasida jami 196 dona o‘lchov vositalari metrologik tekshiruvdan o‘tmagan holda bemorlarga davolash va tashxis qo‘yishda tibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotgani aniqlandi.  

Bu bilan, O‘zbekiston Respublikasi “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunining 16-moddasi talabi buzilgan.  

Shuningdek, dori vositalarining saqlash sharoitlariga rioya qilinmagan. O‘zbekiston Respublikasi "Dori vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida"gi umumiy texnik reglament hamda "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunining 35-moddasi talablari buzilgan.  

Tekshiruv yakunida tibbiyot birlashmasi mas’ullariga ma’muriy chora ko‘rildi va 196 dona tibbiy uskunalardan va o‘lchash vositalaridan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatma chiqarildi.  

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘lchash vositasi o‘lchashlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatlarga ega bo‘lgan texnika vosita hisoblanadi.  

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA