English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot amaliyotida qo‘llanishi mumkin bo‘lmagan farmatsevtika mahsulotlari aylanmasining oldi olindi
11:07 / 2024-09-10

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent shahar hamda Toshkent va Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda olingan farmatsevtika mahsulotlari "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining laboratoriyalarida ekspertizadan o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, 56 turdagi 513 o‘ram jumladan, 20 turdagi 195 o‘ram – davlat ro‘yxatidan o‘tgan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan, 36 turdagi 318 o‘ram – davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan farmatsevtika mahsulotlari tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi bo‘yicha xulosa berildi.  

Shuningdek, sifati kafolatlanmagan mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

O‘zA