Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiyot aholiga yaqinlashmoqda
19:48 / 2023-06-13

“Oqchangal” va “Tinchlik” mahallalari Xovos tumanining olis, eng chekka hududi hisoblanadi. Bir tomoni qo‘shni Tojikiston Respublikasining Zafarobod tumaniga, bir tomoni Jizzax viloyatining Zomin tumaniga tutashgan. Aholining katta qismi chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.

Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ana shu hudud aholisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tadbirga Xovos tumani, Yangiyer shahar tibbiyot birlashmalari va viloyat davolash profilaktika muassasalarining pediatr, terapevt, jarroh-ortoped, ginekolog, oftalmolog, dermatolog, nevrolog, logoped, stomatolog, psixolog, endokrinolog, UZI, UTT kabi sohalar bo‘yicha tor doira mutaxassislari jalb etildi. 

– Qaynonam, Zarkumish Allayeva ikki yildirki koronavirus infeksiyasi sabab suyak son sohasini yemirilishidan aziyat chekadi, – deydi "Tinchlik" MFY yashovchi Masturaxon Allayeva. – Yordam so‘rab ko‘p tashkilotlarga murojaat qildik, biroq amaliy javob topa olmadik. Bugun viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Hakimov yordami bilan qaynonam suyak son sohasi bilan bog‘liq kasalligidan qutiladigan bo‘ldi. Muhimi, Oqchangalda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik  samarali bo‘ldi. Odinaxon Hayitboyeva tug‘ma kar soqovlikdan qutiladigan bo‘ldi. Unga respublika miqyosidagi davolash profilaktika muassasalarida davolanish, quloq sohasiga eshitish moslamasini o‘rnatish uchun imtiyozli yo‘llanma beriladigan bo‘ldi.

Eng asosiysi, Xovos tumanida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida aholining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammosi o‘rganilib, bartaraf etildi.

Sh. Suyarov, O‘zA.