Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiy xizmat va sug‘urta
09:44 / 2022-10-27

Buxoro viloyati Jondor tumanida O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi byudjet mablag‘lari hisobidan yuqori texnologik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish mezonlari, aholiga sifatli tibbiy yordam olish imkoniyatini yaratish, tibbiy sug‘urtalash sohasidagi moliyalashtirish tizimining optimallashishiga bag‘ishlangan seminar trening o‘tkazildi. Unda tumandagi 21 ta davolash profilaktika va yordamchi muassasalarda ishlayotgan tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

Cog‘liqni saqlash tizimidagi samarasiz xarajatlar ulushini bosqichma - bosqich qisqartirish, tibbiyot muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirish, tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish, aholiga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam ko‘rsatishga xususiy tibbiyot tashkilotlarini jalb qilish hisobiga raqobat muhitini rivojlantirish hamda tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga erishish maqsadida muhim qaror va farmonlar qabul qilinmoqda. Sohani isloh qilishga qaratilgan davlat dasturlari ishlab chiqilgan. Ayni paytda mazkur hujjatlarni hayotga tatbiq etish, aholiga munosib tibbiy xizmat ko‘rsatish, davolash va tashxis qo‘yishning eng maqbul tizimini joriy etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasining asosiy maqsadi – bemorlarga sifatli tibbiy va profilaktik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash uchun tibbiy sug‘urtalash tizimini moliyalashtirishdir. Respublikada moliya bozorini yanada rivojlantirish, aholini sifatli moliyaviy xizmatlar bilan qamrab olish ko‘lamini kengaytirish, tibbiy sug‘urta jamg‘armasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.

Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishni isloh qilishning asosiy ko‘rinishlaridan biri davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini belgilash, tibbiy xizmatlar uchun klinik-xarajat guruhlari bo‘yicha “har bir davolangan holat” uchun to‘lash tizimi hamda kishi boshiga moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini tatbiq qilishdan iborat.

Seminarda Jondor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i O.Rahmatov ishtirokchilarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, amaliyotchi hamshira, patronaj hamshiralari, doya tarkibidagi tibbiy brigadalari xodimlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining xalqaro tasnifi (ICPC-2)ni hamda tibbiy aralashuvlarning xalqaro tasnifi (ICHI-2)ni amaliyotga tatbiq qilish, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinika, va oilaviy shifokor punktlari  mudirlari shaxsiy mas’uliyati oshirish va bu borada olib borilayotgan ishlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi to‘g‘risida o‘z ko‘rsatmalarini berdi.

 

Zarif Komilov,  

O‘zA