English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiy xizmat sifati yaxshilanmoqda
19:50 / 2023-08-17

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik imkoniyatini kengaytirish maqsadida Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasiga 1 milliard 347 million 636 ming so‘mlik davlat byudjeti mablag‘i hisobidan laboratoriya va tibbiy jihozlar olib kelindi.

Bu kasalliklarni ilk bosqichlaridayoq aniqlash va muolaja choralarini qo‘llash imkoniyatini beradi va 55 dan ziyod qon namunasini bir necha ko‘rsatkich bo‘yicha tekshirishga ham ega. – Poliklinikamizda 47 ming nafardan ziyod shahar aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatiladi, – deydi 37-sonli Oilaviy poliklinika mudiri Davron Ibragimov. – Oldinlari aholimiz tibbiy tekshiruvlar uchun shahar va viloyat davolash profilaktika muassasalariga borishgan bo‘lsa, endi bunga hojat qolmadi. Aholi uchun nihoyatda qulay. Bunday qulayliklar barchaga manzur bo‘lmoqda. 

[gallery-13154]

Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev (surat), O‘zA