French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiy xizmat sifati oshmoqda
21:16 / 2025-12-15

FOTOREPORTAJ

Yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, aholiga sifatli, qulay va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, raqamli tibbiyot, elektron navbat, masofaviy maslahatlar kabi zamonaviy imkoniyatlar kundalik hayotga joriy etilib, fuqarolarning shifoxonaga murojaat qilish jarayoni ancha osonlashmoqda. Bugun tibbiyot tizimida ochiqlik, tezkorlik va bemor manfaatini ustuvor qo‘yish asosiy tamoyilga aylandi. Buni Namangan shahridagi 2-oilaviy poliklinika faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin.  

Mazkur tibbiyot muassasasi 7 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilgan bo‘lib, qariyb 22 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatadi.  

[gallery-26753]

Bugungi kunda poliklinika to‘liq raqamli tizimga o‘tkazilgan. Fuqarolar uydan chiqmasdan turib elektron navbat olish, qabul vaqtini oldindan belgilash, shifokorlar faoliyati to‘g‘risida ma’lumot olish kabi qulayliklardan foydalanmoqda. Bu esa navbatlar qisqarishi, xizmat tezligi oshishi va bemorlar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Kuz-qish mavsumida poliklinikaning isitish tizimi, tibbiy jihozlar holati hamda shifokorlar ish jarayoni shahar hokimi Ayubhon Kamolov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan atroflicha o‘rganildi. Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, xodimlarning tayyorgarligi va mavsumiy kasalliklar bo‘yicha profilaktika ishlari alohida ko‘rib chiqildi.

O‘rganish ishlari yakunida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, xizmat sifatini oshirish, raqamli tizim imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA