Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi yanada rivojlantiriladi
10:50 / 2024-09-25

Shu yilning 23 sentyabrida “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” (“Medical service hospitality”) dasturi amalga oshiriladi. Davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda sanatoriy va pansionatlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish tizimi joriy qilinadi. Konsalting – diagnostika – davolash – turoperator – transport – tibbiy tarjimon xizmatlarini birgalikda ko‘rsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 

Shuningdek, “Avitsenna” nomi ostida O‘zbekistonning tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi. Toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Tog‘li, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) ob’ektlari mavjud bo‘lgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalari tashkil qilinadi. 

2025 yil 1 aprelgacha internet tarmog‘i orqali yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi (E-mehmon)ga ulangan xususiy tibbiyot va sog‘lomlashtirish muassasalari dastlabki 6 oylik abonent to‘lovi to‘lashdan ozod qilinadi. 

O‘zA