Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiy-ma’rifiy tadbir aholi uchun foydali bo‘ldi
11:09 / 2023-05-06

Mamlakatimizda ko‘p hollarda miya va miya qobig‘i, suyak, bo‘g‘in, jinsiy a’zolar, ko‘z, ichak va boshqa a’zolarni zararlanishiga sabab bo‘luvchi sil kasalliklarini oldini olish, aholining sil va boshqa yuqumli kasalliklar to‘g‘risida xabardorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Sirdaryo viloyatining olis hududi Sardoba tumanidagi "Qo‘shchinor" oilaviy shifokorlik punktida o‘tkazilgan  tibbiy-ma’rifiy tadbir ham xuddi shu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.  

Tadbirda Sirdaryo viloyati sil kasalliklari dispanseri, tuman tibbiyot birlashmasi, "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi Sirdaryo viloyati bo‘limi hamda Amerikaning Markaziy Osiyoda sil kasalliklarini tugatish bo‘yicha loyihasi  tibbiyot xodimlari tomonidan uzoq yillik tarixga ega bo‘lgan ushbu turdagi xastalikni kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi omillar, uning inson salomatligiga yetkazuvchi salbiy oqibatlari va shuningdek, ushbu turdagi kasallikni keng miqyosda aholi orasida tarqalishini oldini olish yuzasidan soha xodimlari oldida turgan galdagi vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritilib, aholi vakillariga sil va sil kasalliklari, uni oldini olish to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, ushbu hudud aholisi uchun tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi. Aniqlangan kasalliklar yuzasidan shu joyning o‘zida statsionar va ambulator sharoitda davolanish, oila shifokori, umumiy amaliyot hamshirasi nazoratida turish, sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya etish, zararli odatlardan voz kechish to‘g‘risida maslahat va tavsiyalar berildi.

– Bu kabi tibbiy-ma’rifiy tadbirlarni yil davomida hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda  o‘tkazishni rejalashtirganmiz, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Gulnora Quvatova. – Bu gal "Qo‘shchinor"da o‘tkazgan bo‘lsak, keyingi gal boshqa hududda o‘tkazamiz.

Muhimi, "Qo‘shchinor"da o‘tkazilgan tibbiy-ma’rifiy tadbir davomida  inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi   sil va sil kasalligiga o‘xshash yuqumli va yuqumsiz   bo‘lmagan kasalliklarga ahamiyat qaratildi. Sardobada o‘tkazilgan bu tadbir kelgusida aholi salomatligini tiklash, ular orasida yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni barvaqt aniqlash, davolash imkonini beradi.  

Shuhrat SUYAROV,  

O‘zA