English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tibbiy jihozlarni sinovdan oʻtkazishning xalqaro standarti yangilandi
13:13 / 2020-08-19

Unda homiylar va tadqiqotchilarning majburiyatlari belgilaydi va tadqiqot loyihalarida axloqiy qoʻmitalar, tartibga soluvchilar, xavfsizlik kengashlari va boshqa manfaatdor tomonlarning rolini aniqlaydi.


Bemorlarning xavfsizligini taʼminlash ISO tashkilotining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Tibbiy jihozlarning klinik sinovlari koʻplab mintaqaviy va milliy qoidalar va talablar bilan qatʼiy tartibga solinadi, ular ishlab chiqaruvchilar va tadqiqotchilar, shuningdek, klinik sinovlarda qatnashadigan boshqa tomonlar tomonidan rioya qilinishi kerak.

ISO 14155, insonlar uchun tibbiy asboblar boʻyicha klinik tadqiqotlar – Yaxshi klinik amaliyot ishlab chiqaruvchilarga klinik sinovlarni loyihalash, oʻtkazish va hisobot berishdagi yaxshi klinik amaliyotga rioya qilishda yordam beradi.

Sanoat sohasida qoʻllaniladigan ISO 14155 standarti soʻnggi qoidalarni va boshqa tegishli standartlarga kiritilgan oʻzgartirishlarni aks ettirish uchun qayta koʻrib chiqilgan. Yangilangan versiyada shuningdek, klinik tadqiqotlar ishtirokchilari va tibbiy asbob-uskunalardan foydalanuvchilarni himoya qilish va belgilangan natijalarga erishishga yordam beradigan koʻplab qoʻshimcha maʼlumotlar mavjud.

Ushbu standart sinov ishtirokchilarining huquqlari, xavfsizligi va farovonligini kafolatlashga moʻljallangan va klinik maʼlumotlarning ilmiy asoslanganligini taʼminlash uchun tegishli metodologiya talablarini oʻz ichiga oladi. Unda homiylar va tadqiqotchilarning majburiyatlari belgilaydi va tadqiqot loyihalarida axloqiy qoʻmitalar, tartibga soluvchilar, xavfsizlik kengashlari va boshqa manfaatdor tomonlarning rolini aniqlaydi.

ISO 14155 standarti shuningdek, ushbu sohadagi boshqa standartlardagi oʻzgarishlar, Yevropa tibbiy asboblarini tartibga solish, Yevropa klinik komissiyasining yaxshi klinik amaliyot boʻyicha koʻrsatmalari va boshqa shunga oʻxshash AQSHning oziq-ovqat va dori vositalarini nazorat etish boshqarmasi koʻrsatmalari bilan moslashtirildi.

ISO 14155 standarti ISO / TC 194 texnik qoʻmitasida faoliyat olib boruvchi 4 ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilib yangilangan.

Mazkur xalqaro standartlar haqidagi qoʻshimcha maʼlumot olish uchun “Oʻzstandart” agentligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga, Oʻzbekiston Standartlar institutiga yoki quyidagi havolaga murojaat qilishingiz mumkin https://www.iso.org/ru/news/ref2535.html

“Oʻzstandart” agentligi
Matbuot xizmati