Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TIAGO BЕZЕRRA – yilning eng yaxshi futbolchisi
19:32 / 2018-12-14

Braziliyalik hujumchi Tiago Bezerra mavsumning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofotga loyiq koʻrildi


Braziliyalik hujumchi Tiago Bezerra mavsumning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofotga loyiq koʻrildi. Shuningdek, mavsum davomida 17 ta gol kiritgan braziliyalikka PFLning eng yaxshi toʻpurariga beriladigan sovrin ham nasib etdi.

1544836997.jpg

Tiago Bezerra ortda qolgan mavsumda “Paxtakor” jamoasining eng asosiy figurasi sifatida gavdalandi va PEPSI Superliga-2018 davomida 17 ta gol kiritib, chempionat toʻpurari boʻlishga muvaffaq boʻldi. Qolaversa, “Paxtakor” jamoasining kumush medallariga ega chiqishida salmoqli hissa qoʻshdi.

Futbolchi sovrin uchun JAVLON IBROHIMOV (“BUNYODKOR”) hamda MARAT BIKMAYEV (“LOKOMOTIV”) bilan kurash olib bordi.

Mukofotni PFL bosh direktori Omon Gʻofurov topshirdi. Futbolchining oʻzi esa farzandining betobligi sabab marosimda qatnasha olmadi. Sovrinni uning nomidan “Paxtakor” klubi sport direktori Jaʼfar Irismetov qabul qilib oldi.