Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“TIAF-22”: Toshkentda animatsion filmlar forumi o‘tkaziladi
16:18 / 2022-04-14

Joriy yilning 18-22 aprel kunlari Toshkentda animatsion filmlar forumi (Tashkent International Animation Forum (TIAF-22) bo‘lib o‘tadi.

 Animatsion forum Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan Shveysariya va Isroilning O‘zbekistondagi elchixonalari, Toshkentdagi Gyote instituti, Bazelevs kinokompaniyasi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Milliy kinofondi hamda “DRF” “Community independent filmmakers of Uzbekistan” kinostudiyasi hamkorligida tashkil etiladi. 

Forumda Germaniya, Gruziya, Isroil, Ozarbayjon, Tojikiston, Rossiya, Ukraina va Chexiya davlatlaridan animatsiya mutaxassislari, shuningdek, o‘zbek animatorlari va “Aqlvoy”, “Bolajon” telekanallaridan vakillar  ishtirok etadi. 

Forum doirasida mohir animatorlar tomonidan taqdimotlar, mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar va shu kabi qator tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, o‘nga yaqin davlatdan tashrif buyurgan animatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tomonidan seminar-treninglar bo‘lib o‘tadi.   

Forumning e’tiborli jihati, unda chet eldan etalon negativlari qaytarilgan o‘zbek multfilmlari ilk bor keng jamoatchilikka namoyish etiladi. Shuningdek, “Yoshlik” studiyasining “Zumrasha” hajviy jurnali yangi soni taqdimoti hamda xorij animatorlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi multfilmlar kichik tomoshabinlar e’tiboriga taqdim qilinadi.  

Ushbu forum doirasida viloyatlar bo‘ylab ham tadbirlar tashkil etiladi. Bolajonlar uchun turli xil mavzularda multfilmlar namoyish etilishi bilan birga master-klasslar o‘tkaziladi. 

Bundan tashqari, bolalarga pedagoglar va professional animatorlar bilan muloqot qilish va tajriba almashish imkoniyati taqdim qilinadi. Ular uchun O‘zbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasi, “White Line”, “Astir animation studio”, “Futurist studio”, “Dip animation studio” hamda xorij animatsiya studiyalarining ishlari namoyish etiladi.  

Forum doirasida o‘smirlar uchun yosh ijodkorlar tomonidan yaratilgan filmlar taqdimoti o‘tkaziladi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pVVr7lB9JyI" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

  O‘zA