Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
The Times: 2024 – Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng mojaroli yil
18:49 / 2025-06-14

“The Times” nashri Shvetsiyaning “Uppsala Conflict Data Program” (UCDP) mojarolar haqidagi ma’lumotlar dasturiga tayanib yozishicha, o‘tgan yil 61 nuqtada davlatlararo mojaro qayd etilgan va 11 holatda ziddiyat to‘liq miqyosli urushga aylangan. 2024 yil harbiy harakatlarda halok bo‘lgan begunoh aholi soni 31 foiz oshib, 13 900 nafarga yetgan.

Hisobotda qayd etilishicha, hozirgi zo‘ravonlik darajasi 1994 yil yuz bergan Ruanda genotsidi davridan buyon to‘rtinchi eng yirik qirg‘inga teng.

UCDP mamlakatlar o‘z hududidan tashqaridagi qurolli guruhlarni qo‘llab-quvvatlash holati ko‘payib borayotganidan ham ogohlantirgan.

Qurbonlik darajasi bo‘yicha Ukrainada kechayotgan harbiy amaliyot Yaqin Sharq va Afrikadagi mojarolarni ortda qoldirgan.

Прошлый год стал самым конфликтным со времен Вtorой мировой войны -  Политика - Курс Украины

Tahlilchilar yilning eng qonli mojarosi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush bo‘lib qolayotganini ta’kidlamoqda. 2024 yil bu hududda kechgan janglarda 76 000 dan ko‘p odam halok bo‘ldi. Bu dunyodagi barcha urushlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich.

Umuman,  o‘tgan yil “uyushtirilgan zo‘rovonlik” natijasida jami 160 000 ga yaqin inson hayotdan bevaqt ko‘z yumdi. Afsuski, bu 1994 yil Ruandada uyushtirilgan qirg‘indan keyingi to‘rtinchi, 2022 yildan beri esa ikkinchi salbiy ko‘rsatkich.

Urush an’anaviy tarzda himoyasiz qolayotgan oddiy aholi uchun asosiy xavf bo‘lib qolmoqda. Hozirgi mojarolar asosan odamlarning tinch hayotiga tajovuz solmoqda. Masalan o‘tgan yil kamida 13 900 kishi qasddan o‘ldirilgan. Bu 2023 yilga nisbatan 31 foiz ko‘p. Ba’zi hududlar, masalan G‘azoda marhumlarning 98 yoizi begunoh insonlardir.

Войны в Украине и Израиле — 2024 год стал самым конфликтным со времен  Вtorой мировой войны / NV

– Davlatlararo mojarolar va hukumatlar o‘z mamlakatidan tashqaridagi qurolli guruhlarni qo‘llab-quvvatlayotgan vaziyatlar ko‘payib borayotganini ko‘ryapmiz, – deydi UCDP yetakchi tahlilchisi Shon Devis. – Bu tinch aholi orasidagi qurbonlarni tez orttiradigan tashvishli tendensiya.

Rossiya – Ukraina nizosi Ikkinchi jahon urushidan keyingi Yevropadagi eng qonli mojaroga aylandi. Xalqaro tahlilchilar faqat 2024 yil shu hududda 76 000 ga yaqin odam halok bo‘lgani, bu raqam boshqa zamonaviy mojarolardagiga nisbatan ancha ko‘pligini ta’kidlagan. Qurbonlarning umumiy soni – harbiylar va tinch aholi hisobiga allaqachon yuz minglab miqdorga yetdi.

Война в Газе: ООН зафиксироvaла «прямые удары» по более чем 200 школам |  Новости ООН

Urush oqibatida fuqaro infratuzilmasi vayron qilinmoqda. Deportatsiya, qiynoq, turar-joyga berilayotgan zarba va begunoh aholi orasidagi mislsiz yo‘qotish yanada achinarli.

– Vayron qilingan shaharlar, millionlab qochqin, jadal kuchayib borayotgan yadroviy tahdid mazkur urushning dahshatli va haqiqiy xususiyatidir, – deyilgan hisobotda. – To‘g‘ri, Ikkinchi jahon urushiga nisbatan Rossiya – Ukraina nizosi miqyosi ancha tor, ammo ba’zi mintaqalarda vayronagarchilik, qurbonlar darajasi o‘sha davrni esga soladi. Boshqacha aytganda 1945 yildan buyon birinchi marta Yevropadagi yirik yadroviy davlat qo‘shnisiga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlagan.

S.Rahimov, O‘zA