Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
The Guardian: Yer 16 marotaba iqlim halokati xavfi bilan yuzma-yuz kelgan
14:57 / 2022-09-12

Buyuk Britaniyaning The Guardian nashrida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Dunyo tiktonik iqlim o‘zgarishiga yaqin turibdi.

Olimlar sayyoramiz tarixida jami 16 marta iqlim  halokati yuz berganini aniqlashgan. Navbatdagi iqlim bilan bog‘liq  “oxirzamonga” bir necha qadam qolgani aytilmoqda. Iqlim inqirozini keltirib chiqaruvchi sabablar ko‘p. Ummonlarda kislorodning yo‘qolishi, muzliklarning zudlik bilan erib ketishi, okean oqimlarining o‘zgarishi yaqin yillarda avval kuzatilmagan miqdorda ko‘p dovullar bo‘lishini, qahraton qishlarni va yozgi qurg‘oqchiliklarni  keltirib chiqaradi

«Dunyo bir nechta xavfli omillarning kesishish yo‘lida turibdi, ular global fojia oqibatlarini keltirib chiqarishi mumkin», — deya ta’kidlaydi Potsdam instituti professori Yoxan Rokstrem.

Xalqaro tadqiqotchilar guruhining aniqlashicha, hozirda sayyoramizda o‘rtacha harorat so‘nggi bir necha ming yillikdagi eng yuqorisi hisoblanadi.

Avvalroq 2022 yil Yevropa tarixidagi eng issiq yil bo‘lgani aytilgan edi. Darhaqiqat, ko‘plab mamlakatlarda haroratning ko‘tarilishi  rekord daraja chiqqani qayd etilgan.