English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
The Guardian Ukraina mojarosining beshta variantini ma’lum qildi
18:56 / 2022-08-25

Britaniyaning The Guardian gazetasi jurnalisti Den Sabbag Ukraina mojarosi yaqin olti oyda qanday davom etishining beshta ssenariysini ma’lum qildi.

Birinchisi, mojaro yana bir yilga cho‘ziladi, lekin bahordagidek jadal sur’atlarda kechmaydi. Shu bilan birga, Moskva bilan Kiyev o‘rtasida yaqin yarim yil ichida muzokara bo‘lmaydi.

Ikkinchi prognoz shundan iboratki, Ukraina qarshi hujumga o‘tmaydi va urushni partizanchasiga olib boradi. Bunda Ukraina harbiylari reydlar amalga oshiradi, shuningdek, uzoq masofaga otadigan raketa tizimlaridan zarba beradi.

Uchinchisi, Rossiya hujumni davom ettiradi, biroq uning maqsadi Ukraining hududini ushlab turish bo‘ladi.

To‘rtinchi variant qish kelishiga va qochqinlar inqiroziga qaysi davlat yaxshi tayyorlangan bo‘lsa shu davlatga ko‘proq imkoniyat bo‘ladi. Bundan tashqari, Moskva qishqi hujumni o‘z shartlarida Kiyev bilan muzokara olib borish imkoniyati sifatida ko‘radi, deyiladi maqolada.

Beshinchi prognozda G‘arb Ukraina g‘alaba qilishini xohlaydimi yoki shunchaki Rossiya hujumini qaytarib turishini? Shu masalada bir qarorga kelishi kerak. Chunki g‘arb yordam bermaganda Kiyev mag‘lubiyatga uchragan bo‘lardi. Shu bilan birga, Ukrainada har oyda 5 milliard dollar miqdorida byudjet tanqisligi kuzatilmoqda va Yevropa mamlakatlarining kelgusi yordami yanada qimmatga aylanadi.

Muallifning ta’kidlashicha, asosiy masala shuki, g‘arb mamlakatlari shunday xarajatlarga tayyormi.