Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“The Diplomat” talqinida
18:06 / 2022-08-10

Amerikaning “The Diplomat” jurnalida “O‘zbekiston universitetlarida gender tafovutni bartaraf etish” nomli maqola chop etildi.

Materialda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan, mamlakatimiz iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhasida xotin-qizlar faolligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan Milliy dastur mazmuni ifodalangan.

– Ayollarni o‘qitish, ularga oliy ma’lumot olishda ko‘maklashish juda to‘g‘ri va vaqtida qo‘yilgan muhim qadam, – deyiladi maqolada. – O‘zbekistonda ta’lim dargohlari soni ortgani sari bilimli ayollar ulushi ham ortyapti. 2016 yil mamlakat bo‘ylab ayollarning atigi 5.6 foizi kollej ma’lumotiga ega edi, hozir bu ko‘rsatkich 17.7 foizni tashkil etmoqda.

Muallif o‘quvchilar diqqatini dasturga qaratib, qizlarga yetti yilgacha bo‘lgan muddatga oliy o‘quv yurtida ta’lim olishi uchun foizsiz kredit berish, shuningdek, ayollar uchun yangi universitet va texnikumlar ochish masalasini alohida izohlagan.

– Kelgusi yillarda ayni yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar samarasi yanada aniq namoyon bo‘lishi tayin. Eng muhimi, gender farq yo‘qolib borayotgani quvonarli, – deya xulosa qiladi “The Diplomat”.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA