French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“The Chance” respublika yoshlari forumi o‘tkazildi
14:17 / 2019-10-11

Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor kundan-kunga kuchaymoqda.


Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor kundan-kunga kuchaymoqda. Bu tabiiy jarayon albatta. Ayniqsa, bugungi – milliy tiklanishdan milliy yuksalish bosqichiga o‘tish davrida davlat siyosati, butun xalqimizning diqqat-e’tibori yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgan. 

Davlatimiz rahbarining jiddiy e’tibori bilan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni innovatsion fikrlash va zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan o‘z iqtidorlarini rivojlantirishda unumli foyalanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilayapti. Yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni yetuk mutaxassislar qilib tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus bu boradagi faoliyat uchun dasturilamal bo‘lmoqda.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi yoshlarning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarida faol qatnashishi, ularning intellektual, ma’naviy-axloqiy salohiyatini ko‘tarishga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, universitetda mustaqil talabalar uyushmasi tashkil etilib, uning zimmasiga tengqur yoshlarning faolligini, siyosiy ongini oshirish, manaviy-axloqiy fazilatlarni targ‘ib etish, sog‘lom e’tiqodni shakllantirish va beshta muhim tashabbusni keng targ‘ib etish kabi bir qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur talabalar uyushmasi o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, mamlakatimizda ilk marta ta’sis etilgan yangicha tuzilmadir. Uning kelajakda mamlakatimiz ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy hayotida munosib o‘rinni egallashiga umid bildirilmoqda.

Mazkur uyushma a’zolari tashabbusi bilan “The Chance” respublika yoshlari forumi o‘tkazildi. Ushbu forum yurtimizning turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni kelajak maqsadlar yo‘lida birlashtirishga yo‘naltirilgan. Forum bugungi kunda yoshlar uchun dolzarb bo‘lgan sakkiz yo‘nalishni qamrab olgan bo‘lib, ular biznes startap, muxtasarlik (minimalizm), axborot texnologiyalari, moddiy va ma’naviy yuksalish, kitob o‘qish va uqish san’ati, bestseller kitob yozish, ijtimoiy reklama va professional fotograflik, blogerlik, shaxs kamoloti va uni rivojlantirish kabi sho‘balardan iborat. Har bir yo‘nalishda forum ishtirokchilari o‘z sohasi bo‘yicha ma’lum yutuqlarni qo‘lga kiritgan, barchaga o‘rnak bo‘la oladigan ekspertlarning treninglarida qatnashdi. 

Bu forum yoshlarga o‘z iqtidorini namoyish etish, o‘zlarining kuchli jihatlarini aniqlash va kamchiliklari ustida ishlash imkonini berdi.