Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“The Best”: 2023 yilning eng yaxshilari aniqlandi
10:00 / 2024-01-16

Londonda FIFA tomonidan turli yo‘nalishlarda 2023 yilning eng yaxshilarini taqdirlashga bag‘ishlangan “The Best” marosimi o‘tkazildi. “The Best” marosimida yilning eng yaxshi futbolchisi deya argentinalik Lionel Messi e’tirof etildi. Messidan tashqari mazkur mukofotni olish uchun norvegiyalik Erling Holland va fransiyalik Kilian Mbappe da’vogarlik qildi.

Ayollar orasida esa ispaniyalik Aynata Bonmati eng yaxshi ayol futbolchi bo‘ldi.  

O‘tgan mavsum davomida "Manchester Siti" klubi bilan UEFA Chempionlar ligasi, Angliya Premer-ligasi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va bir qator boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritgan Xosep Gvardiola mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Angliya ayollar milliy jamoasi murabbiysi Sarina Vigman esa ayollar orasida eng yaxshi murabbiy deb tan olindi.  

Shuningdek, “Manchester Siti” posboni, braziliyalik Ederson va “MYU” ayollar klubi darvozaboni Mari Erps yilning eng yaxshi darvozaboni bo‘ldi. Braziliyalik Gillermo Madruga eng chiroyli gol muallifiga aylandi. “Fair Play” sovrini Braziliya milliy terma jamoasiga topshirildi. Eng yaxshi muxlis esa “Kolon Santa Fe” muxlisi, argentinalik Ugo Daniel bo‘ldi.  

FIFA yil ramziy terma jamoasini tuzdi. Ushbu jamoa tarkibi bilan quyida tanishasiz:  

Darvozabon: Tibo Kurtua (“Real Madrid”)  

Himoyachilar: Kayl Uolker (“Manchester Siti”), Jon Stounz (“Manchester Siti”), Ruben Diash (“Manchester Siti”)  

Yarim himoyachilar: Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Jud Bellingem (Real Madrid), Bernardu Silva (“Manchester Siti”).  

Hujumchilar: Lionel Messi (“Inter Mayami”), Kilian Mbappe (PSJ), Erling Holland (“Manchester Siti”), Vinisius Junior (“Real Madrid”).  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA