French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Thailand Open” finalida 9 nafar bokschimiz jang qiladi
18:28 / 2025-05-30

Tailandning Bangkok shahrida o‘tkazilayotgan “Thailand Open” xalqaro turnirida yarim final bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, mazkur bosqichda O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar a’zosi finalga yo‘l olgan bo‘lsa, qolgan 7 nafar charm qo‘lqop ustalari bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jumladan, Shodiyorjon Meliqo‘ziyev (-50 kg), Faryozbek Do‘smatov (-55 kg), Muhammadazizbek Ismoilov (-70 kg), Javohir Abdurahimov (-75 kg), Nusratbek Tohirov (-85 kg), Farzona Fozilova (-48 kg), Sabina Boboqulova (-51 kg), Feruza Kazakova (-54 kg) va Aziza Zokirova (-75 kg) kabi bokschilarimiz finalga chiqdi.

Shuningdek, Madiyar Daniyarov, Samandar Jalolov, Elyorbek Jo‘raboyev, Abdurahmon Rustamov, Nigina O‘ktamova, Navbahor Hamidova hamda Oysha Toirova o‘z vazn toifalarida bronza medaliga ega chiqdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA