English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari aniqlandi
18:11 / 2016-10-17

Buxoro shahrida yengil atletika bo‘yicha 1994-1996-yillarda tug‘ilgan yigit-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Buxoro shahrida yengil atletika bo‘yicha 1994-1996-yillarda tug‘ilgan yigit-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda mamlakatimiz yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqaning 100, 200, 400, 800, 1500 va 5000 metr masofaga yugurish bahslarida Doniyor Ahmedov, Jahongir Sobirjonov, Hayot Asadov, Yevgeniy Fadeyev, Shohrux Davlatov, Fotima Mahmudova, Zuhra Mahmudova, Zulfizar Abdullayeva, Sabina Tolacheva marra chizig‘ini birinchilardan bo‘lib bosib o‘tdi. 100, 110, 400 metrga to‘siqlar osha yugurishda Yelizaveta Shus, Ergash Normurodov va Sardor Tog‘ayev barcha raqiblarini ortda qoldirdi.

Balandlikka, uzunlikka va uch hatlab sakrash bahslarida Sulton Mustafoyev, Bekzod Almurotov, Dmitriy Sorokin, Nigina Xaydarova, Yelizaveta Shus birinchi o‘rinni egalladi.

Yadro, nayza, bosqon va disk uloqtirish bo‘yicha raqobatlashgan atletlar o‘rtasida Artyom Davletov, Ulug‘bek Egamberdiyev, Abduqahhor Anvarov, Doston Rajabov, Svetlana Proshkina va Darya Kashinovaga teng keladigani topilmadi.

Qizlar o‘rtasida 10 000 metr masofaga sportcha yurish bo‘yicha o‘tgan bahslarda Zahro Nurimova shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.