Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tezkor va xolis axborot jamiyat taraqqiyotining bosh mezoni
17:35 / 2020-10-22

Xususiy yetkazib beruvchilar imkoniyati cheklangani aniqlandi. Masalan, ularning saralash, qadoqlash xonalari yoʻq. Tashish transportlari yetishmaydi.


Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A. Xodjayev vohadagi ommaviy axborot vositalari xodimlari va faol blogerlar bilan uchrashib, ochiq muloqot oʻtkazdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda keyingi yillarda sohada demokratik islohotlarni amalga oshirish, jurnalist va blogerlarning huquqlarini himoya qilish hamda davlat organlari rahbarlarining mass-media bilan oʻzaro munosabatlari samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilgan islohotlar haqida atroflicha fikr yuritildi. Bosma OAVni rivojlantirishga qaratilayotgan etibor, jamoatchilik bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish borasida yuz bergan oʻzgarishlar va bu jarayonda axborot xizmatlarining oʻrni atroflicha tahlil qilindi.

– Ochiqlik va oshkoralik jamiyatimizning bosh mezoniga aylandi, – dedi A.Xodjayev. – Bu jarayon Yangi Oʻzbekistonni qurishda oʻz samarasini ham bermoqda. Fikrlar xilma-xilligi yangi-yangi gʻoyalarni oʻrtaga tashlamoqda. Biroq, shu bilan birga hozir OAVlar ham ayrim muammolarga duch kelayotgani sir emas. Jumladan, bosma ommaviy axborot vositalari bilan bogʻliq ayrim masalalarni oʻrganganimizda gazeta, jurnallar joylarga oʻz vaqtida yetkazib berilmayotgani ham maʼlum boʻldi. Xususiy yetkazib beruvchilar imkoniyati cheklangani aniqlandi. Masalan, ularning saralash, qadoqlash xonalari yoʻq. Tashish transportlari yetishmaydi.

Ochiq muloqotda jurnalist hamda blogerlar sohani yana-da rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirdi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda noxolis axborotlarni tarqatishning jamiyat taraqqiyotiga taʼsiri, davlat boshqaruv idoralari bilan jamoatchilik aloqalarini yana-da mustahkamlash, tashkilot va idoralar tomonidan joylarga press-turlarni oʻtkazishning ahamiyati kabi masalalarda oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.