Tezkor tadbirlar davom etmoqda
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan IIB bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bir qator samarali tadbirlar o‘tkazildi.
Natijada o‘tkazilgan tezkor chora-tadbirlar davomida Vobkent tumanida yashovchi fuqaro B.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida og‘irligi 518 grammni tashkil etuvchi “ko‘knori boshog‘i va uning urug‘lari” borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi.

Shuningdek, Shofirkon tumanida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda fuqaro S.M.ning yashash xonadonidan 113,24 gramm marixuana, shuningdek, ko‘knori o‘simligining poyasi va urug‘lari, hamda 12 kalibrli to‘rt dona ov patroni borligi aniqlandi.


Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tegishli protsessual tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.