English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tezkor tadbirda “yashirin sex” aniqlandi
12:41 / 2025-10-14

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan viloyat hududida iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini yashirincha ishlab chiqarishga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘yildi.

Tezkor tadbirda Ichki ishlar boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari bilan hamkorlikda G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.R.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, xonadon yerto‘lasida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangan holda faoliyat yuritayotgan “yashirin sex” aniqlandi.

O‘tkazilgan tadbirda umumiy qiymati 33 million so‘mga teng 312 kg paxta chigiti, 298 kg paxtadan olingan kunjara, 30 litr paxta yog‘i hamda 1 dona ishchi holatdagi “Juvoz” yog‘-moy apparati huquqbuzarlik ashyosi sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA