Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tezkor tadbirda ushlangan farmatsevtika mahsulotlari ekspertizadan o‘tkazildi
18:46 / 2024-02-07

Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida tegishli organlar tomonidan yanvar oyida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 408 ta holatda ushlangan farmatsevtika mahsulotlari ekspertiza qilish maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim qilindi.

Ushbu mahsulotlar Markaz laboratoriyalarida tekshirilganda 10006 o‘ramdagi dori vositalari va tibbiy buyumlaring tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi aniqlandi. 

Jumladan, 2115 o‘ram davlat ro‘yxatidan o‘tgan, 2756 o‘ram davlat ro‘yxatidan o‘tmagan, 2756 o‘ram muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan, 2115 o‘ram muvofiqlik sertifikati mavjud, 241 o‘ram yorliqlash ko‘rsatkichi bo‘yicha (kontrafakt), 23 o‘ram yaroqlik muddati tugagan (sifatsiz), 46 o‘ram qalbakilashtirilgan. 

Markaz matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tahlillar natijasi bo‘yicha tegishli xulosalar ta’sir choralarini ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlarga taqdim qilindi. 

Mohigul Qosimova, O‘zA