French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tezkor tadbir natija berdi
06:56 / 2026-01-08

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda Romitan tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ko‘p miqdordagi pirotexnika vositalarini saqlash va kelgusida sotish bilan bog‘liq xatti-harakatga chek qo‘yildi.

Jumladan, Romitan tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan fuqaro A.X.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida unda kelgusida sotish maqsadida noqonuniy saqlab kelingan jami 16 555 dona pirotexnika vositalari mavjudligi aniqlandi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.