Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tezkor-qidiruv va tergov faoliyati takomillashadi
14:02 / 2024-10-17

Namangan viloyatining Namangan tumanida Prezidentimizning 2024 yil 10 iyundagi “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati va ijrosiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Sudyalar, tergov tizimi xodimlari, aholi vakillari ishtirok etgan mazkur seminarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari Ikrom Muslimov boshqardi. Anjumanda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, davlatimiz rahbarining farmoni bilan 2025 yil 1 yanvardan boshlab jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi, shu maqsadda, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etilgani aytib o‘tildi.  

Ta’kidlanganidek, bunday islohotlardan ko‘zlangan maqsad, sudlar faoliyati samaradorligini oshirish, ishni sudga qadar yuritishda taraflarning tengligi va tortishuvi prinsipini amalda ta’minlash, shuningdek, tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilinishiga erishishdan iborat.  

Fikr-mulohazalar hamda savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan seminarda yangi tashkil etilayotgan tergov sudyalari faoliyati bilan bog‘liq savollarga javob olindi.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.