Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tezguzar”da maishiy xizmat ko‘rsatish markazi ish boshladi
15:46 / 2025-09-08

Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi “Tezguzar” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi” foydalanishga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, BMT taraqqiyot dasturi hamda Islom taraqqiyot banki, OPEKning Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida mazkur markaz qurilishiga 4 milliard 800 million so‘m mablag‘ sarflandi.

Yigirma sotixdan iborat bo‘lgan maydonda bunyod etilgan markazda mahalla aholisi uchun ijtimoiy, maishiy hamda ma’muriy xizmatlar ko‘rsatishga sharoit yaratilgan.

Markazning yerosti qavatida meva-sabzavotlarni saralash va qadoqlash bo‘yicha maxsus xona va yordamchi xonalar tashkil etilgan. Birinchi qavatda esa ayollar va erkaklar uchun alohida sartaroshxona, dorixona, bank vakillari uchun ma’muriy xonalar, shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektori uchun xizmat xonalari faoliyat olib bormoqda.

Ayni paytda bu yerda davlat xizmatlari markazi, tadbirkorning qandolat sexi va zamonaviy savdo do‘koni ham aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Binoning ikkinchi qavati o‘quv va kasb-hunar yo‘nalishlariga ixtisoslashtirilgan. Bino uchinchi qavatida tikuvchilik sexi va maishiy texnika ustaxonasi bilan birga yoshlar markazi joylashgan bo‘lib, bu ob’ekt yoshlar bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Umuman, zamonaviy andozadagi mazkur loyiha doirasida 7 ta tadbirkorlik sub’ekt faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, inshootning ishga tushirilishi natijasida 24 ta ish o‘rni ham yaratilgani mahalliy aholi bandligini ta’minlash bilan birga hududda servis tarmog‘ini rivojlantirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.

Zarif Komilov, O‘zA