Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tez yordam”ning hududiy filiallariga “Volkswagen Caddy” avtomashinalari topshirildi
16:28 / 2023-09-20

Respublika tez tibbiy yordam markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Surxondaryo va Sirdaryo viloyat filiallariga "A" toifali 100 ta “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalari topshirildi.

– Favqulodda holatlarda va kasallik xuruj qilgan vaqtda bemorga imkon qadar tez va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, uning hayoti va salomatligini saqlab qolishga xizmat qiladi, – deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon G‘ofurov. – Shu sababli «103» xizmatida eskirgan avtoulovlarni bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish choralari ko‘rilmoqda. Yil yakuniga qadar yana 500 dan ortiq ana shunday transport vositalarini hududlarga yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

SSV matbuot xizmati xabarida keltirilishicha, eng so‘nggi va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bu avtotransport vositalari xalqaro talablarga to‘la mos kelib, uning ichki qismi bemor va tibbiy xodimlarning qulay joylashishi imkonini beradi.

Shuningdek, ular shahar ichida harakatlanish bo‘yicha yuqori texnik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, tejamkorligi bilan ham ajralib turadi. Eng muhimi, bu avtomobillarda harakatni to‘xtatmay turib ham bemorga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish mumkin.

M.Qosimova, O‘zA