Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tez yordam mashinasi avtohalokatga uchragan
14:10 / 2022-12-26

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida tez yordam mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 1963 yilda tug‘ilgan N.A. boshqaruvidagi "Ford“ rusumli tez yordam transporti va 1994 yilda tug‘ilgan L.Sh. boshqaruvidagi ”Tracker" transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.  

— 25 dekabr kuni tungi navbatchilik vaqtida Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filiali 6-bo‘lim 900-mashina haydovchisi N.A. va shifokor S.M. Yunusobod tumanida yashovchi 3,5 yoshli bemorni «O‘tkir bronxit» tashxisi bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borgan, — deydi filial direktori I.Aslonov. — Tibbiy guruh bemorni shifoxonaga yotqizib, soat 02:30 larda ortga qaytib kelayotganda Sebzor mavzesi chorrahasiga yetmasdan "Tracker" mashinasiga urilgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.  

 

O‘zA