Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tez yordam” loyihasi: qandli diabetli bemor COVID-19 ga chalinsa qaysi kasallikni birinchi davolash kerak?
18:00 / 2020-08-08

Qandli diabetga uchragan odamlarning oʻzida qon tomirlari bilan bogʻliq muammolar boʻladi.


Savol: Nima uchun qand kasali bor bemorlar koronavirus asoratiga koʻproq moyil boʻladi? Qandli diabet bilan ogʻrigan odamlarda COVID-19ga qarshi profilaktika sifatida osma ukol qilsa boʻladimi?

Bu savolga “Milliy” telekanalida efirga uzatilgan “Tez yordam” koʻrsatuvida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Immunologiya va odam genomikasi instituti kichik ilmiy xodimi, endokrinolog shifokor Raushaniya Begisheva quyidagicha javob berdi:

– Qandli diabetga uchragan odamlarning oʻzida qon tomirlari bilan bogʻliq muammolar boʻladi. Ularda xalesterin, glyukoza yuqori boʻlib, metabolek sindrom koʻp uchraydi. Oʻz navbatida COVID-19 ham qon tomiriga salbiy taʼsir qiluvchi virus hisoblanadi. Shu sababli qandli diabeti boʻlgan odamda koronavirus juda ogʻir oʻtadi. Qandli diabetga chalingan bemorlar koronavirusini davolash barobarida diabetni ham davolashda davom etishi lozim. Sababi koronavirus jarayonida qand miqdori oshib ketsa, bu ogʻir asoratlarga olib keladi.

Diabetning turi har xil boʻladi. Bu kasallikka tavsiya etiladigan dorilar majmuasi ham turlicha. Jumladan, birinchi turga insulin ishlatiladi. Baʼzida Insulinni semirtirib yuborishidan shubhalanishadi. Agarda parhezga eʼtibor bergan holda bu dori qabul qilinsa, hech qanday kutilmagan semirish yuzaga kelmaydi. Ikkinchi turida Insulin qabul qilinmaydi. Chunki bu turdagi bemor organizmining oʻzi insulin ishlab chiqaradi. Bunday paytda koʻpincha bemorga Metformin dori vositasi tavsiya etiladi. Lekin koronavirus paytida vaqticha bu dorini toʻxtatib, uning oʻrniga Insulin ishlatiladi.

COVID-19 paytida immunitetni sunʼiy ravishda oshirib boʻlmaydi. Ammo vitamin D, S, Sink va magniy kabi vitaminlarni qabul qilish tavsiya etiladi. Bu dorilar koronavirusni davolamaydi, lekin ular immunitetni bir maromda ushlab turishga xizmat qiladi. Odam organizmida immunitet normada boʻlishi uchun bu vitaminlar kerak boʻladi.

Qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlar COVID-19ga qarshi profilaktika sifatida osma ukol olishi mumkin emas. Aslida koronavirus yuqtirmagan paytda ham qand kasali boʻlgan odamlarga osma ukollar tavsiya etilmaydi. Faqatgina jonlantirish boʻlimida komaga tushgan, yoki qandaydir asoratlari boʻlgan bemorlarga endokrinolog nazoratida boʻlgan holda osma ukol tavsiya etiladi.