Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tez tibbiy yordamning chaqiriqlarga yetib borishdagi kechikishi 10-12 foizdan 1-2 foizgacha qisqargan
14:21 / 2021-08-24

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan taqdim etilgan tahlilga ko‘ra, Harakatlar strategiyasi doirasida zamonaviy tibbiy texnologiyalarning tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga tatbiq etilishi natijasida tizimning tezkorligi va natijadorligi yanada oshgan.

Xususan, 2016-2020 yillarda aholiga ko‘rsatilgan tez tibbiy yordam xizmatining sifati ortib, tez yordam shoxobchalari soni 818 tadan 1 666 taga, reanimobil transport vositalari 24 tadan 435 taga, chaqiriqlarga yetib borish vaqti o‘rtacha 25-30 daqiqadan 8-12 daqiqaga va xizmat ko‘rsatish radiusi 15-20 kilometrdan 9-12 kilometrgacha yetkazilgan.

Natijada tez tibbiy yordamning chaqiriqlarga yetib borishdagi kechikishlari 10-12 foizdan 1-2 foizgacha qisqartirilgan.