French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tez tibbiy yordam sifati yanada yaxshilanadi
18:46 / 2023-01-26

Buxoro viloyatida 154 ta tez tibbiy yordam brigadalari 2 million nafarga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Tizimdagi 16 ta “Hyundai”, 7 ta “Nissan”, 3 ta “Toyota”, 10 ta “Volkswagen Saddy” rusumli zamonaviy tez tibbiy yordam avtomashinalari soni yana 10 taga ko‘paydi.

–Mavjud  avtomashinalarning 20 tasi reanimobillar bo‘lib, 5 turdagi zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan, – deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati filiali direktori Oybek Ro‘ziyev. –  Prezidentimizning 2022 yil  16 iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” gi qarori soha rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Unga ko‘ra Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy filiali negizida tibbiy avtoxo‘jaliklar tashkil qilinib tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yildi. Tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga radioaloqa vositalari va GPS-trekerlar o‘rnatildi. Tez tibbiy yordam brigadalarini planshetlar bilan ta’minlash, markazning hududiy filiallarida elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish masalalari belgilandi. Tez tibbiy yordam tizimida mavjud avtotransport vositalari parkini bosqichma-bosqich yangilash rejasi tasdiqlandi.

Viloyatda tez yordam xizmati sifatini yanada oshirish, moddiy-texnik ta’minotni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tez tibbiy yordam uchun topshirilgan 10 dona “Volkswagen Saddy” rusumli avtomobillar ham aholiga ko‘ratilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Bu avtomashinalar bir qator qulayliklarga ega.

Zarif Komilov, O‘zA