Buxoro shahrining tarixiy ziyoratgohlari, madaniy meros ob’ektlari va sayyohlar ko‘p to‘planadigan hududlarda zamonaviy va ekologik toza tez tibbiy yordam elektromobillari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur tashabbus yurtimizda sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish, xorijiy mehmonlarga munosib sharoit yaratish hamda ularning xavfsizligi va sog‘lig‘ini asrash, sayyohlarga yuqori sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsad qilingan.

Ushbu xizmatda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlar, xususan feldsherlar xorijiy tillarni biladigan, yuqori malakaga ega mutaxassislardir. Ular favqulodda holatlarda ham professional tarzda harakat qilish, bemorga birinchi yordam ko‘rsatish hamda kerakli tibbiy muolajalarni amalga oshirish qobiliyatiga ega.
Bu loyiha nafaqat sayyohlar, balki mahalliy aholi uchun ham katta imkoniyatlar yaratadi. Zero, jamoat joylarida tez tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyoj hayot uchun juda muhim omillardan biridir.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.