Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tez tibbiy yordam markazida o‘quv-simulyatsiya markazi ish boshladi
15:33 / 2025-12-23

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbarining sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga sifatli va kafolatlangan tibbiy xizmat ko‘rsatishga qaratilgan qarorlari ijrosi doirasida sohada qator muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.  

Respublika tez tibbiy yordam markazi hamda Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda shifoxonagacha tez tibbiy yordam xizmati salohiyatini oshirish” dasturi doirasidagi grant loyihasi asosida Respublika tez tibbiy yordam markazining Surxondaryo viloyati filialida tez tibbiy yordam xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlashga mo‘ljallangan o‘quv-simulyatsiya markazi faoliyat boshlagani ham ushbu islohotlarning amaldagi namunasi bo‘ldi. Hozirda viloyat tez tibbiy yordam tizimida 228 ta brigada 5 ming 172 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Endilikda ular ushbu markazda doimiy ravishda malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

[gallery-26867]

O‘quv-simulyatsiya markazida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun filialdan to‘rt nafar instruktor Koreya Respublikasida maxsus qayta tayyorlov kurslaridan o‘tkazildi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA